
IJOD MAKTABLARIGA QANDAY HOLLARDA IMTIHONSIZ KIRISH IMTIYOZI BERILADI?
May 30, 2025
Umumta’lim maktablarining 6-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan “Ijod yoshlari” tanlovining 1-, 2-, 3-oʻrin sohiblari ijod
maktablarining 7-sinfiga belgilangan qabul kvotasi doirasida imtihonsiz qabul qilinadi.
Hujjatlar qabuli joriy yilning 1-iyunidan 20-iyuniga qadar davom etadi.