Maktab haqimizda

Maktab haqimizda

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi 2017-yilda Qarshi shahrida tashkil etilgan bo‘lib, ona tili va adabiyoti fanlarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashgan ta'lim muassasasidir.

Maktab Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Tabassum mahallasi, Islom Karimov ko‘chasi, 219-uy manzilida joylashgan.

Ta'lim jarayoni va sharoitlar:

  • Sinflar: Maktab 7-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilarni qabul qiladi.
  • Ta'lim tili: O‘zbek tili.
  • O‘quvchilar soni: 202 nafar.
  • Yotoqxona: O‘quvchilar zamonaviy yotoqxona bilan ta’minlanadi.
  • Ovqatlanish: Kuniga 5 mahal bepul ovqatlanish imkoniyati mavjud.
  • Maktab formasi: Klassik uslubdagi forma bepul taqdim etiladi.

Jihozlanish va uskunalar:

Maktab zamonaviy laboratoriyalar, lingafon xonalari va 46 ta kompyuter bilan jihozlangan. O‘quvchilar ingliz va rus tillarini o‘rganishlari uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, 4 mingdan ziyod darslik, 5 mingdan ortiq badiiy kitoblar va 200 ga yaqin metodik qo‘llanmalardan iborat kutubxona mavjud.

Qo‘shimcha mashg‘ulotlar:

O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli to‘garaklar faoliyat yuritadi, jumladan, "Aktyorlik", "Kompyuter grafikasi" va "Dizayn" to‘garaklarida faol ishtirok etgan o‘quvchilar xalqaro va mahalliy tanlovlarda sovrindorlar qatorida bo'lib kelmoqda.

Qabul jarayoni:

Maktabga qabul har yili iyun oyida onlayn tarzda ariza.piima.uz va my.gov.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Imtihonlar uch bosqichda o‘tkaziladi: ijodiy matn yaratish, ijodiy suhbat va test sinovlari. Qabul jarayonlari haqida batafsil ma'lumot maktabning rasmiy veb-sayti yoki Telegram kanali orqali e'lon qilinadi.