
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida “Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida xayriya hashari tashkil etildi.
March 15, 2026
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida “Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida xayriya hashari tashkil etildi.
🔹Ta’lim maskani jamoasi tomonidan maktab hududi va uning atrofi keng ko‘lamda obodonlashtirildi. Hashar davomida hudud tozalandi, yashil maydonlar tartibga keltirildi, manzarali daraxt va gul ko‘chatlari ekilib, maskan yanada fayzli va ko‘rkam qiyofa kasb etdi.
🔹Mazkur ezgu tashabbus orqali tabiatga mehr, atrof-muhitni asrash va obodlikni qadrlash kabi qadriyatlar yana bir bor namoyon bo‘ldi. Bunday sa’y-harakatlar nafaqat ta’lim muassasasining yanada chiroy ochishiga, balki mahalla obodligi va yurt ravnaqiga ham munosib hissa qo‘shmoqda.